Dushanba, 21.10.2024, 00:36
Приветствую Вас Гость | RSS
Мой сайт

«Челси» «Реал» раҳбариятига бельгиялик ҳужумчиси Эден Азарни 170 миллион фунтга ҳам (190 миллион евро) сотмаслигини маълум қилган. Бу ҳақда Mirror нашри хабар бермоқда.

Бундан аввалроқ ОАВда лондонликлар клуби раҳбарияти ушбу футболчисини 190 миллион евро эвазига қўйиб юборишга рози бўлгани ҳақида хабар тарқалганди.

Бу қарор жамоанинг янги бош мураббийи Маурисио Сарри Азарни жамоа етакчиси сифатида кўраётгани туфайли қабул қилинган. Футболчининг ўзи бироз аввалроқ янги чақириқларга тайёр эканини айтиб, «Реал»га ўтмоқчилигига ишора қилганди.

«У - Европанинг энг яхши футболчиларидан бири. Умид қиламанки, унинг янада ривожланишига ёрдам бераман, аммо бу қийин иш. Ахир у шундоқ ҳам юқори чўққида», деган италиялик мутахассис.

Нашрнинг тасдиқлашича, «Челси» ушбу футболчисига молиявий томондан яхшиланган янги шартнома таклиф қилмоқчи. Унинг янги шартнома бўйича ҳафталик маоши миқдори 300 минг фунтга (335 минг евро) етиши мумкин.

... Davomi »
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 222 | Добавил: uzandro | Дата: 22.07.2018 | Комментарии (0)

Iroq markaziy jinoiy sudi payshanba kuni turli davlatlardan kelgan sakkiz nafar ayolni umrbod ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqardi, ular IShID terrorchilik guruhi faoliyatida ishtirok etgan. Bu haqda Oliy sud kengashi raisi, sudya Abdul Sattor Bayroqdor kengash saytida xabar berdi.

"Markaziy jinoiy sud turli davlatlardan bo'lgan sakkiz nafar xorijiy terrorchi ayolni umrbod ozodlikdan mahrum qildi: Turkiyadan uch nafar, Ozarboyjondan uch nafar, O'zbekistondan bir nafar va Suriyadan bir nafar", - deya aytib o'tdi u.

Bayroqdorning aniqlik kiritishicha, hukm terrorchilik bilan kurash to'g'risidagi qonunning ikkinchi moddasiga muvofiq chiqarildi.

Iroq sudi aprel oyi oxirida Rossiyadan bo'lgan 19 ayol va Ozarboyjon hamda Tojikistondan kelgan o'n nafar ayolni IShID bilan hamkorlik qilgani uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilgandi.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 254 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.05.2018 | Комментарии (0)

Rim papasi Frantsisk o'zining Lamborghini Huracan avtomobilini sotib yuborishga qaror qildi. Bu haqda Esquire yozmoqda.

Ta`kidlanishicha, pontifik uchun maxsus yig'ilgan oq mashina Rim papasi tomonidan auksionda sotilishi, olingan mablag'larning katta qismi esa Erondagi Nineviya shahri uchun yordam tariqasida yo'naltirilishi mumkin. Mashina soatiga taxminan 320 kilometr tezlikka chiqa oladi.

Savdolar tashkilotchilari mashina uchun 303 – 425 ming dollar olishni rejalashtirmoqda.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 246 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.05.2018 | Комментарии (0)

Qirg'iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Issiqko'l viloyatiga ikki kunlik amaliy tashrifi doirasida bugun Issiqko'l tumani aholisi bilan uchrashdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, davlat rahbari o'z prezidentlik faoliyati, jumladan, tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlari haqida gapirgan.

«Yaqin qo'shni uzoq qarindoshdan yaxshi – xalqimiz bekorga shunday demaydi. Prezident lavozimiga kirishim bilan qo'shni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun ko'p vaqt sarfladim. Sizga ma`lumki, mening birinchi tashrifim Rossiya Federatsiyasiga bo'ldi, Rossiya va YeOIIga a`zo davlatlar bilan hamkorlik tashqi siyosatimizning ustuvor yo'nalishlaridandir», - deya ta`kidlab o'tdi Sooronbay Jeenbekov.

U turli uchrashuvlar va Qozog'iston, O'zbekiston, Tojikiston bilan aloqalarni mustahkamlash, o'zining Turkiya hamda Yevropa Ittifoqi institutlariga tashrifi, shuningdek Xitoy Xalq Respublikasiga rejalashtirilgan safar ... Davomi »
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 277 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.05.2018 | Комментарии (0)

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma`lum qilishicha, Rossiyada Buyuk Britaniyaning Suriyadagi Duma shahrida kimyoviy hujumni sahnalashtirishga aloqadorligi bo'yicha dalillar bor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Bilasizmi, dalillar ko'p. Hammasi boshlangan video o'sha hujum uchun asos bo'lib xizmat qildi. Amerikaliklar, angliyaliklar va fransiyaliklar kimyoviy qurolni ishlab chiqarish hamda saqlash joylariga bombalar tashlashgani haqida ma`lum qildi. Aftidan, vaziyatdan bexabar odam ham bir narsani tushunadiki, agarda sen kimyoviy qurol qayerda joylashganini bilsang, bu omborxonalarga bomba yog'dirish faqat bir narsani anglatadi – o'sha yerga yaqin joyda yashovchilar uchun gumanitar falokatni yuzaga keltirish», - deya aytib o'tdi Lavrov.

Shuningdek uning ta`kidlashicha, videoyozuvdan ko'rish mumkinki, kimyoviy moddalar ehtimoliy qo'llangan yerda harakatlanayotgan odamlar hech narsa bilan himoyalanmagan, «ehtimol, ulardan ba`zilarida yengil ... Davomi »
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 239 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 20.04.2018 | Комментарии (0)

Rossiyada Telegram messenjerini bloklashning haqiqiy sababi egasining o'z kriptovalyutasini ishga tushirish bo'yicha rejalari bo'lgan, deya xabar beradi RBK.

Rossiyada Telegram messenjerini bloklashga qaratilgan muvaffaqiyatsiz urinishlar so'nggi kunlarda Rossiya FXXning 12-markazi xodimlari va boshqa tegishli idoralar vakillari o'rtasida faol muhokama qilingan. Xususan, 18 aprel kuni FXX 12-markazining xodimi Roman Antipkin hamkasblariga xat yo'llab, unda Rossiyada Telegram bloklanishining haqiqiy sababi Pavel Durov messenjer asosida «butunlay nazorat qilinmaydigan moliyaviy tizimni» ishga tushirish niyatida ekaniga bog'liqligini bildirgan.

«Hamkasblar, gap umuman boshqa narsa haqida! Gap kalitlar va terrorizmda emas. Pasha Durov yangi Mavrodiga aylanishga qaror qildi. U o'z kriptosini ishga tushirgach, Rossiyada butunlay nazorat etilmaydigan moliyaviy tizim paydo bo'lardi. Hamda bu marginallar uchun bitkoin emas, bu oddiy, ishonchli va nazorat etilmaydigan n ... Davomi »
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 218 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 20.04.2018 | Комментарии (0)

18 aprel kuni Vazirlar Mahkamasida 2018-2019 o'quv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga qabul to'g'risidagi qaror imzolandi. Hujjatga muvofiq:

2018-2019 o'quv yili uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga qabul kvotasi belgilandi:

a) bakalavriat bosqichiga — 400 kishi to'lov-shartnoma asosida, quyidagi yo'nalishlar bo'yicha:

"Mashinasozlik texnologiyasi" — 200 kishi;
"Sanoat-fuqarolik qurilishi va me`morchilik" — 50 kishi;
"Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi" — 100 kishi;
"Aviakosmik injiniring" — 50 kishi.
b) magistratura bosqichiga — 25 kishi to'lov-shartnoma asosida, "Mexatronika" ixtisosligi bo'yicha.

Mazkur qaror ijrosi nazorati O'zbekiston Respublikasi bosh vazir o'rinbosari K.V.Akmalov, N.S.Otajonov va Oliy va o'rta-maxsus ta`lim vaziri I.U.Majidov zimmalariga yuklatildi.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 284 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 19.04.2018 | Комментарии (0)

Amerika fuqarolar erkinligi muhofazasi ittifoqi (ACLU) eng yirik IT-kompaniyalarini o'z serverlarida Telegram messenjeriga hech qanday cheklovlarsiz IP-manzillarni o'zgartirish imkonini berishga chaqirdi.

Tashkilotga ko'ra, Amazon, Google, Apple va Microsoft "inson huquqlariga rioya qilishni ta`minlash" va "senzuraga qarshi chiqish uchun" messenjerga o'z platformalariga kirish imkonini yaratishlari kerak.

Bundan avval "Roskomnadzor" rahbari Aleksandr Jarov idora Telegram bloklanishni chetlab o'tishda foydalanayotgan Amazon va Google'ning IP-manzilini bloklashi haqida ma`lum qilgan edi.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 227 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 19.04.2018 | Комментарии (0)

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 20 aprel kuni poytaxtda havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 5-7, kunduzi 20-22 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 4-9, kunduzi 15-20 daraja iliq bo'ladi.

Respublikaning tog' ... Davomi »
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 237 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 19.04.2018 | Комментарии (0)

Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [9]
O'zbekiston Yangiliklari [15]
Texnologiya Yangiliklari [8]
Qiziqarli :) [2]
Qo'shiq Matnlari [8]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
Статистика

Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024
uCoz