Dushanba, 21.10.2024, 00:42
Приветствую Вас Гость | RSS
Мой сайт

Туси ўзгартирилган (қорайтирилган) ойнали енгил автотранспорт воситаларидан фойдаланишни тартибга солиш чора-тадбирлари тўғрисида ҳукумат қарори қабул қилинди, деб хабар берди Адлия вазирлигининг Телеграмдаги «Ҳуқуқий ахборот» канали.

Хабарда билдирилишича, қарорга мувофиқ 2018 йил 1 августдан қорайтирилган ойнали енгил автотранспорт воситаларидан пулли асосда фойдаланишга рухсат берилди.

Ойналарни қорайтириш Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги «Инновация лойиҳалари ва аҳолига сервис хизматлари кўрсатиш маркази» ДУК томонидан амалга оширилади.

Ойналарни қорайтириш учун Давлат йўл ҳаракати хавфсизлиги хизмати (ДЙҲХХ)дан рухсатнома (1 йилга берилади) олиш керак.

Орқа ойнани ёруғлик ўтказувчанлик беш фоиздан кам бўлмаган (95 фоизга қорайтириш), орқа ён ойналарни ёруғлик ўтказувчанлик 30 фоиздан кам бўлмаган (70 фоизга қорайтириш) даражада ўзгартириш мумкин.

Олд ойнанинг тепа қисмини 14 сантиметрдан кўп бўлмаган ва ёруғлик ўтказу ... Davomi »
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 219 | Добавил: uzandro | Дата: 19.07.2018 | Комментарии (0)

O'zbekiston Respublikasi prezidenti “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonni imzoladi.

Belgilanishicha, 2018 yil 1 iyundan boshlab:

ro'yxatdan o'tkazuvchi organ bilan nodavlat notijorat tashkilotlarining tadbirlarini kelishish tartibi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilish tartibi bilan almashtiriladi;

nodavlat notijorat tashkilotlarining hisobvaraqlariga chet davlatlardan, xalqaro va xorijiy tashkilotlardan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig'iga binoan boshqa shaxslardan ularning ustavlarida (nizomlarida) nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun kelib tushgan pul mablag'laridan va mol-mulkdan, ularni olish ro'yxatdan o'tkazuvchi organ bilan belgilangan tartibda kelishilgandan so'ng, biron-bir to'siqlarsiz foydalaniladi;

O'zbekiston Respublikasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari uchu ... Davomi »
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 322 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.05.2018 | Комментарии (0)

Ijtimoiy tarmoqlarda o'qituvchi tomonidan o'quvchi oyoq kiyimi bilan kaltaklangani videosi tarqalgan edi.

O'zbekiston OO'MTV O'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi xabariga ko'ra, pedagog ishdan bo'shatilib, ish prokuraturaga o'tkazilgan.

Gazeta.uz nashrida yozilishicha, tekshiruv o'tkazish natijasida, videomaterial 11 aprel kuni Urganch avtomobil yo'llari kasb-hunar kollejida tasvirga olingani ma`lum bo'lgan. Biologiya fani o'qituvchisi Z. Nafasova «o'z majburiyatlari doirasidan chiqib, pedagog uchun nomunosib xatti-harakatlarni namoyish etgan holda o'quvchiga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan», deb qayd etdi markaz vakili.

Kollejda 13 aprel kuni o'tkazilgan majlisda o'qituvchilar va guruh rahbarlari bu kabi xatti-harakatlar uchun ma`muriy va jinoiy javobgarlik belgilangani to'g'risida ogohlantirilgan. Shundan so'ng, kollej rahbariyati 2008 yildan buyon ishlab kelayotgan Nafasova bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.

Mark ... Davomi »
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 255 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 23.04.2018 | Комментарии (0)

Joriy yilning aprel oyidan sentabr oyiga qadar MDHga a`zo davlatlar do'stona armiyalari doirasida harbiy-amaliy sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazilishi rejalashtirilgani haqida oldin xabar berilgan edi.

Mazkur dastur doirasida O'zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari podpolkovnik Bahodir Tuxtanazarov, Zokir Xaziyev, mayorlar Madiyor Saidov, Sherzod Rashidov, kapitanlar Avaz Usmonov, Baxtiyor Madaminov, Odilbek Yuldashev, Husniddin Elmurodovdan iborat jamoa shu yilning 16-20 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasida bo'lib o'tgan harbiy-amaliy sport turining “Komandirlik startlari” yo'nalishi bo'yicha mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi va musobaqada ikkinchi o'rinni egalladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

TsSKA (Markaziy harbiy sport klubi)ning “Igrovoy” universal sport majmuasida o'tkazilgan musobaqalarda Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Armaniston, O'zbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilari ishtirok etdi ... Davomi »
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 259 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 23.04.2018 | Комментарии (0)

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda o'quvchi o'qituvchi tomonidan oyoq kiyimi bilan do'pposlanishi tasvirlangan video tarqaldi.

Ma`lum bo'lishicha, Urganch shahridagi Avtomobil va yo'llar kasb-hunar kollejida yuz bergan voqea deb nomlangan videoda o'qituvchi va o'quvchining ismi familiyalari keltirilmagan. Biroq, undagi suhbatdan o'qituvchi kimyo va biologiyadan dars berishi, o'quvchi esa 1-kurs talabasi Sherzod ekani, onasi betobligini bahona qilib, darsdan ketib qolgani, o'qituvchi esa uni shu tufayli jazolaganini anglash mumkin.
O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi suhbatdan taxminan mana shu tarzda kechgan.

O'qituvchi: «Kecha men shunday siqildim, (ketaman deb) menga aytsang bo'lardiku?»
O'quvchi: «Kecha sizni izladim, hech qayerdan topolmadim, keyin...»
O'qituvchi: «Menga aytsang bo'ladiku, onam kasal desang, men tushunamanku?»
O'quvchi: «Tushunib turibsiz, kecha ham onamning ahvoli yomon edi».
(O'qituvchi oyoq kiyimi bilan uradi) ... Davomi »
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 239 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 20.04.2018 | Комментарии (0)

2018 yil 20 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Mening fikrim” veb-portalining meningfikrim.uz taqdimoti bo'lib o'tdi. Mazkur portal orqali Oliy Majlis palatalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga elektron jamoaviy murojaat berish imkoniyati taqdim etiladi. Shu bilan birga, har bir fuqaro o'zining konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, mamlakat qonunchilik tizimini rivojlantirish borasida o'z fikrlarini bildirishi mumkin bo'ladi.

Xo'sh, ushbu portal qay tartibda ishlaydi?

Dastavval murojaatchi Yagona identifikatsiya tizimida (id.gov.uz) o'z shaxsini tasdiqlaganidan so'ng, “Mening fikrim” veb-portalining bosh sahifasidagi maxsus tugmani bosib tegishli joyga murojaat matnini kiritishi lozim. Mazkur murojaatni Yagona identifikatsiya tizimi (id.gov.uz) orqali o'z shaxsini tasdiqlagan foydalanuvchilardan kamida 5 nafari qo'llab-quvvatlashi talab etiladi. Buning uchun murojaat foydalanuvchilar e`tiboriga havola etiladi.

Murojaat ... Davomi »
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 243 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 20.04.2018 | Комментарии (0)

O'zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi O'zbekistonda avtomobil raqamlari xalqaro raqamlarga almashtirilishi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

«Bugun, 20 aprel kuni internet nashrlarida va ijtimoiy tarmoqlarda avtomototransport vositalari uchun amaldagi davlat raqam belgilari almashtirilishi to'g'risida turli ma`lumotlar tarqaldi.

Yuqoridagilarga asoslanib quyidagilarni ma`lum qilamiz.

Ma`lumki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi «Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro'yxatdan o'tkazilgani to'g'risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 116-sonli qaroriga asosan avtomototransport vositasi ro'yxatdan o'tkazilgani to'g'risidagi guvohnomalarni ro'yxatdan o'tkazish va hisobga olish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni samarali tashkil etish maqsadida 2017 yilning oktabr oyidan avtomototransport ... Davomi »
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 266 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 20.04.2018 | Комментарии (0)

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 aprel kuni poytaxtda havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 7-9, kunduzi 22-24 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 7-12, kunduzi 25-30 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 7-12, kunduzi 23-28 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 18-23 daraja iliq bo'ladi.

Respublikaning t ... Davomi »
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 240 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 20.04.2018 | Комментарии (0)

Ma`lumki, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida «Mening fikrim» maxsus veb-portali yaratilishi belgilangan edi.

Bunda internet tarmog'ida parlament va fuqarolar o'rtasida elektron jamoaviy murojaat kiritish imkoni beruvchi maxsus maydon yaratish nazarda tutilgan edi.

Taraqqiyot strategiyasi markazi xabariga ko'ra, mazkur vazifalar ijrosini amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi qonunchilik muammolari va Parlament tadqiqotlari instituti hamda qator mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda www.meningfikrim.uz portali ishlab chiqildi.

Portal 20 aprel kuni soat 16.00 (Toshkent vaqti bilan)da ishga tushirilib, fuqarolardan elektron jamoaviy murojaatlarni qabul qila boshlaydi.

E ... Davomi »
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 238 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 20.04.2018 | Комментарии (0)

18.04.2018 yildagi O'RQ–476-son qonun bilan Mehnat kodeksiga qo'shimcha kiritildi, deb yozmoqda Norma.

Ishga qabul qilishni rad etish g'ayriqonuniy hisoblanadigan hollarning ro'yxati kengaytirildi. Endilikda muqaddam sudlangan shaxslarni ishga qabul qilmaslik yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslikka ham yo'l qo'yilmaydi.

Ammo ba`zi hollarda qonunchilik muqaddam sudlangan shaxslarni ishga qabul qilishni to'g'ridan-to'g'ri taqiqlaydi. Bunday hollarda rad etish qonuniy hisoblanadi. Masalan, «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi qonunning 12-moddasiga binoan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek, qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bo'lishi mumkin emas.

Bundan tashqari, sud qo'shimcha jazo tariqasida shaxsga muayyan turdagi lavozimlarni ... Davomi »
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 241 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 20.04.2018 | Комментарии (0)

1 2 »
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [9]
O'zbekiston Yangiliklari [15]
Texnologiya Yangiliklari [8]
Qiziqarli :) [2]
Qo'shiq Matnlari [8]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
Статистика

Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024
uCoz