Dushanba, 21.10.2024, 00:34
Приветствую Вас Гость | RSS
Мой сайт

Rossiya Kommunikatsiyalar va aloqa vazirligi rahbari Nikolay Nikiforov FXX Viber messenjeriga nisbatan xuddi Telegram’ga bo'lgani kabi harakat qilishi mumkinligini istisno etmadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Bu Federal xavfsizlik xizmatiga berilishi lozim bo'lgan savol, sababi shifrlash kalitlarini taqdim etish bo'yicha ko'rsatmasi ijrosi bo'yicha tegishli masalalarda faqat FXX vakolatli. Agarda shifrlash kalitlarini taqdim etish bilan bog'liq muammolar yuz bersa, ular ham sudga murojaat bilan chiqishi va xuddi shunday sud qarorini olishi mumkin», - deya aytib o'tdi Nikiforov.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedevning matbuot kotibi Telegram’ga qanday qilib kirishni deputatga tushuntirgandi.
Категория: Texnologiya Yangiliklari | Просмотров: 274 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.05.2018 | Комментарии (0)

Amazon asoschisi, dunyoning eng badavlat odami Jyeff Bezos o'z boyligini koinotni o'zlashtirishga sarflamoqchi. Milliarderning rejalarida raketa-tashuvchilar, koinotda odamlar yashovchi bazalar va uzoq sayyoralarni zabt etish bo'yicha boshqa yirik loyihalar bor. Bezos koinotni o'zlashtirish uchun hozirdayoq ulkan mablag'lar sarflamoqda: u har yili New Glenn raketasini loyihalash va sinovdan o'tkazish uchun 1 mlrd dollardan mablag' sarflaydi. Ushbu raketani yaratish bilan Bezosning Blue Origin koinot kompaniyasi shug'ullanmoqda.

Bezos o'z rejasini bir necha bosqichda amalga oshirmoqchi. Ulardan birinchisi sayyoramiz sarhadlaridan tashqariga maksimal og'ir vazndagi yukni olib chiqa oladigan ishonchli va kuchli raketalarni ishlab chiqish hisoblanadi. So'ngra milliarder koinotda ishonchli va qulay turar-joy yaratishga qodir iste`dodli muhandislar va olimlarni izlashni rejalashtirmoqda. Bezos rejasining yakunlovchi bosqichi Oy yoki Marsga ekspeditsiyani amalga oshirish bo'ladi. ... Davomi »
Категория: Texnologiya Yangiliklari | Просмотров: 269 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.05.2018 | Комментарии (0)

Irlandiyaning Ookla kompaniyasi Speedtest.net internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingini e`lon qildi, unda butun dunyo bo'ylab 2018 yil aprel oyi yakunlari bo'yicha simsiz va simli internet tezligiga doir ma`lumotlar bor.

O'zbekiston mobil internet tezligi bo'yicha to'rt o'ringa ko'tarildi va endi 126 o'rindan 115-pog'onani egallab turibdi (8,93 Mbit/s).

Sim orqali ulanuvchi internet tezligi bo'yicha bir pozitsiyaga yuqoriladi va 135 pog'onadan 128-o'rinni egalladi (6,78 Mbit/s).

Mobil internet tezligi bo'yicha reytingda Islandiya yetakchi bo'lib turibdi (65,90 Mbit/s), simli internet tezligi bo'yicha - Singapur (174,94 Mbit/s).

Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekiston internet tezligi reytingida o'z o'rnini biroz yaxshilagandi.
Категория: Texnologiya Yangiliklari | Просмотров: 258 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.05.2018 | Комментарии (0)

«Roskomnadzor» Google'ning qator IP-manzillari bloklanishiga doir xabarni tasdiqladi. Bu haqida idoraning «VKontakte»dagi sahifasida ma`lum qilindi.

«Roskomnadzor»da bunday choralar haqiqatda Telegram messenjeri bloklanishi bilan bog'liq ekani tan olindi.

«Bugunga kelib Google «Roskomnadzor»ning talablarini qoniqtirmadi va sud qarorini buzib, Telegram Messenger Limited Liability Partnership'ga Rossiya hududida faoliyat yuritish uchun o'z IP-manzillaridan foydalanish imkonini bermoqda», - deya izoh berildi idorada.

Idorada shuningdek Telegram'ning Rossiyada faoliyat yuritishiga imkon berayotgan qator IP-manzillar reyestrga kiritilgani qo'shimcha qilindi.

Bundan avval rossiyalik foydalanuvchilar Google saytiga kirishda muammolarga duch kelayotgani haqida xabar berilgan edi.
Категория: Texnologiya Yangiliklari | Просмотров: 262 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 23.04.2018 | Комментарии (0)

"Roskomnadzor" Google qidiruv tizimini qisman blokladi, deya xabar berdi prometheus.ru.

Manbaga ko'ra, idora provayderlarga bloklash uchun bir necha IP-manzilni yo'llagan, ular orasida google.com qidiruv xizmatining bosh sahifasi ham bo'lgan. Manzillar RF Bosh prokuraturasining 16 apreldagi qaroriga muvofiq bloklangan.

Foydalanuvchilar so'nggi 24 soatda qidiruv tizimiga kira olmayotganliklari haqida xabar berishmoqda. DownDetector saytidagi xarita ma`lumotlariga ko'ra, Rossiyaning Yevropa qismida, janubiy hududlar, Krasnodar o'lkasi, shuningdek Ukraina hududida jiddiy muammolar kuzatilmoqda.

"Roskomsvoboda" ma`lumotlariga ko'ra, hozirda Google'ning 1 581 481 IP-manzili taqiqlangan saytlar reyestrida.
Категория: Texnologiya Yangiliklari | Просмотров: 237 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 23.04.2018 | Комментарии (0)

TamTam messenjeri App Store va Google Play O'zbekiston reytingida yetakchilikni o'z qo'liga oldi. Bundan AppAnnie ma`lumotlari darak bermoqda.

Xususan, 19 aprel kungi holatga ko'ra, ilova ham App Store’da, ham Google Play’da yuklab olishlar soni bo'yicha birinchi o'ringa ko'tarildi va «Yandeks.Taksi», Telegram, imo, Instagram hamda WhatsApp’ni ortda qoldirdi.

TamTam uch kun ichida O'zbekiston reytinglarida 60-80 pog'onaga yuqoriladi.

Bundan tashqari, O'zbekiston aholisi Google'da TamTam’ni eng ko'p qidiruvchi davlatlar reytingida ikkinchi o'ringa ko'tarildi.

TamTam nafaqat O'zbekiston va Rossiyada mashhurlashmoqda, balki Eronda ham shunday vaziyat kuzatilmoqda – u yerda ham Telegram muloqot qilishning asosiy vositasi edi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekistonda iOS foydalanuvchilari TamTam messenjerini yuklab olishni boshlagani xabar berilgandi.
Категория: Texnologiya Yangiliklari | Просмотров: 236 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 19.04.2018 | Комментарии (0)

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma`lum qilishicha, Roskomnadzor tomonidan Telegram messenjeri bloklanishi boshqa servislar ishida nosozlikka olib kelishi kerak emas. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Albatta, ish maydonidan qandaydir servislar chiqib ketishi kerak emas, shuning uchun har bir alohida holatda qonunchilik bilan nazarda tutilgan harakat qo'llanilishi darkor. Bu texnologik masala, shuning uchun, albatta, unga Roskomnadzordan izoh berishni so'rash kerak», - dedi Peskov Telegram’ning bloklanishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi bo'yicha berilgan savolga javob qaytarib.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putin sudning Telegram messenjerini bloklash haqidagi qaroridan xabardor ekani haqida ma`lum qilgandi.
Категория: Texnologiya Yangiliklari | Просмотров: 253 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 19.04.2018 | Комментарии (0)

Yaponiyalik olimlar plastikni bir necha kun ichida yo'q qiluvchi fermentni yaratishdi. Bu bakteriya ayniqsa butilkalar uchun qo'llanuvchi plastikni tez qayta ishlaydi.

Yaponiyada 2016 yilda chiqindixonada plastikni oddiy usuldagidan ming marta tezroq yutuvchi bakteriyalar aniqlangan. Olimlar ferment strukturasini sintezlay olishgan va u polietilentereftalatni (PET) original bakteriyadan ko'ra yaxshiroq yuta boshlagan. Biologlar bakteriya plastikning qolgan turlarini ham tezroq qayta ishlay olishi uchun uni yaxshilashmoqchi.

Kelgusida ferment plastikni uni yana qayta ishlab chiqarishda qo'llash mumkin bo'lgan hosilalarga parchalashi mumkin. Bu bilan esa dunyoda neft iste`moli, zararli chiqindilar va axlat uyumlari miqdori kamayadi. Bundan tashqari, irsiy modifikatsiyalar yordamida fermentni 70 darajadan yuqoriroq haroratga bardoshli ekstremofil bakteriyalarga o'tkazish mumkin. Bunday haroratda PET eriydi va bunday shaklda 100 marta tezroq parchalanadi.
... Davomi »
Категория: Texnologiya Yangiliklari | Просмотров: 251 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 19.04.2018 | Комментарии (0)

Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [9]
O'zbekiston Yangiliklari [15]
Texnologiya Yangiliklari [8]
Qiziqarli :) [2]
Qo'shiq Matnlari [8]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
Статистика

Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024
uCoz