Dushanba, 21.10.2024, 03:12
Приветствую Вас Гость | RSS
Мой сайт

18:11
Dunyoning eng boy odami davlatining katta qismini koinotga sarflamoqchi
Amazon asoschisi, dunyoning eng badavlat odami Jyeff Bezos o'z boyligini koinotni o'zlashtirishga sarflamoqchi. Milliarderning rejalarida raketa-tashuvchilar, koinotda odamlar yashovchi bazalar va uzoq sayyoralarni zabt etish bo'yicha boshqa yirik loyihalar bor. Bezos koinotni o'zlashtirish uchun hozirdayoq ulkan mablag'lar sarflamoqda: u har yili New Glenn raketasini loyihalash va sinovdan o'tkazish uchun 1 mlrd dollardan mablag' sarflaydi. Ushbu raketani yaratish bilan Bezosning Blue Origin koinot kompaniyasi shug'ullanmoqda.

Bezos o'z rejasini bir necha bosqichda amalga oshirmoqchi. Ulardan birinchisi sayyoramiz sarhadlaridan tashqariga maksimal og'ir vazndagi yukni olib chiqa oladigan ishonchli va kuchli raketalarni ishlab chiqish hisoblanadi. So'ngra milliarder koinotda ishonchli va qulay turar-joy yaratishga qodir iste`dodli muhandislar va olimlarni izlashni rejalashtirmoqda. Bezos rejasining yakunlovchi bosqichi Oy yoki Marsga ekspeditsiyani amalga oshirish bo'ladi.

Bezos insoniyat o'zining mavjudligini davom ettirishi uchun taraqqiy etib, koinotga “ketishi” kerak, deb hisoblamoqda. Bu rejani amalga oshirish uchun milliarder o'z boyligining katta qismini sarflamoqchi. Oxirgi hisob-kitoblarga ko'ra, Bezosning ayni vaqtdagi boyligi 120 mlrd dollardan ko'proqni tashkil qilmoqda.
Категория: Texnologiya Yangiliklari | Просмотров: 270 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [9]
O'zbekiston Yangiliklari [15]
Texnologiya Yangiliklari [8]
Qiziqarli :) [2]
Qo'shiq Matnlari [8]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Май 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
Статистика

Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024
uCoz