Dushanba, 21.10.2024, 02:48
Приветствую Вас Гость | RSS
Мой сайт

Finlyandiyada dunyo bo'yicha eng yaxshi havo sifati mavjud. Bu haqda Finlyandiyaning Meteorologiya instituti Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalariga asosan xabar bermoqda.

"Kichik zarrachalar to'planishi – havoni ifloslantiruvchi moddalar Finlyandiyada o'rtacha bir kub metrga 6 mikrogrammni tashkil etadi, bu boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda eng past ko'rsatkich sanaladi", - deyiladi institut xabarida.

JSST 2008-2016 yillar davomida deyarli yuzta davlatdagi 2,5 ming aholi punktida havo sifati tahlilini o'tkazganidan so'ng o'z ma`lumotlarini e`lon qildi. Finlyandiyada ushbu tajribada 11 shahar va Meteorologik institutning ikkita o'lchov stansiyasi ishtirok etdi.

Ro'yxat oxiridan Yaqin va Uzoq Sharq, shuningdek Afrika davlatlari joy oldi – u yerda ifloslantiruvchi moddalar zichligi – turli zararli moddalarga ega changlar – Finlyandiyadan 10 va undan ko'proq martaga ortiq. Shu bilan birga, Finlyandiyaga havo ... Davomi »
Категория: Qiziqarli :) | Просмотров: 249 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.05.2018 | Комментарии (0)

Rossiya Kommunikatsiyalar va aloqa vazirligi rahbari Nikolay Nikiforov FXX Viber messenjeriga nisbatan xuddi Telegram’ga bo'lgani kabi harakat qilishi mumkinligini istisno etmadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Bu Federal xavfsizlik xizmatiga berilishi lozim bo'lgan savol, sababi shifrlash kalitlarini taqdim etish bo'yicha ko'rsatmasi ijrosi bo'yicha tegishli masalalarda faqat FXX vakolatli. Agarda shifrlash kalitlarini taqdim etish bilan bog'liq muammolar yuz bersa, ular ham sudga murojaat bilan chiqishi va xuddi shunday sud qarorini olishi mumkin», - deya aytib o'tdi Nikiforov.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedevning matbuot kotibi Telegram’ga qanday qilib kirishni deputatga tushuntirgandi.
Категория: Texnologiya Yangiliklari | Просмотров: 274 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.05.2018 | Комментарии (0)

Amazon asoschisi, dunyoning eng badavlat odami Jyeff Bezos o'z boyligini koinotni o'zlashtirishga sarflamoqchi. Milliarderning rejalarida raketa-tashuvchilar, koinotda odamlar yashovchi bazalar va uzoq sayyoralarni zabt etish bo'yicha boshqa yirik loyihalar bor. Bezos koinotni o'zlashtirish uchun hozirdayoq ulkan mablag'lar sarflamoqda: u har yili New Glenn raketasini loyihalash va sinovdan o'tkazish uchun 1 mlrd dollardan mablag' sarflaydi. Ushbu raketani yaratish bilan Bezosning Blue Origin koinot kompaniyasi shug'ullanmoqda.

Bezos o'z rejasini bir necha bosqichda amalga oshirmoqchi. Ulardan birinchisi sayyoramiz sarhadlaridan tashqariga maksimal og'ir vazndagi yukni olib chiqa oladigan ishonchli va kuchli raketalarni ishlab chiqish hisoblanadi. So'ngra milliarder koinotda ishonchli va qulay turar-joy yaratishga qodir iste`dodli muhandislar va olimlarni izlashni rejalashtirmoqda. Bezos rejasining yakunlovchi bosqichi Oy yoki Marsga ekspeditsiyani amalga oshirish bo'ladi. ... Davomi »
Категория: Texnologiya Yangiliklari | Просмотров: 269 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.05.2018 | Комментарии (0)

Irlandiyaning Ookla kompaniyasi Speedtest.net internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingini e`lon qildi, unda butun dunyo bo'ylab 2018 yil aprel oyi yakunlari bo'yicha simsiz va simli internet tezligiga doir ma`lumotlar bor.

O'zbekiston mobil internet tezligi bo'yicha to'rt o'ringa ko'tarildi va endi 126 o'rindan 115-pog'onani egallab turibdi (8,93 Mbit/s).

Sim orqali ulanuvchi internet tezligi bo'yicha bir pozitsiyaga yuqoriladi va 135 pog'onadan 128-o'rinni egalladi (6,78 Mbit/s).

Mobil internet tezligi bo'yicha reytingda Islandiya yetakchi bo'lib turibdi (65,90 Mbit/s), simli internet tezligi bo'yicha - Singapur (174,94 Mbit/s).

Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekiston internet tezligi reytingida o'z o'rnini biroz yaxshilagandi.
Категория: Texnologiya Yangiliklari | Просмотров: 258 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.05.2018 | Комментарии (0)

Iroq markaziy jinoiy sudi payshanba kuni turli davlatlardan kelgan sakkiz nafar ayolni umrbod ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqardi, ular IShID terrorchilik guruhi faoliyatida ishtirok etgan. Bu haqda Oliy sud kengashi raisi, sudya Abdul Sattor Bayroqdor kengash saytida xabar berdi.

"Markaziy jinoiy sud turli davlatlardan bo'lgan sakkiz nafar xorijiy terrorchi ayolni umrbod ozodlikdan mahrum qildi: Turkiyadan uch nafar, Ozarboyjondan uch nafar, O'zbekistondan bir nafar va Suriyadan bir nafar", - deya aytib o'tdi u.

Bayroqdorning aniqlik kiritishicha, hukm terrorchilik bilan kurash to'g'risidagi qonunning ikkinchi moddasiga muvofiq chiqarildi.

Iroq sudi aprel oyi oxirida Rossiyadan bo'lgan 19 ayol va Ozarboyjon hamda Tojikistondan kelgan o'n nafar ayolni IShID bilan hamkorlik qilgani uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilgandi.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 254 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.05.2018 | Комментарии (0)

Rim papasi Frantsisk o'zining Lamborghini Huracan avtomobilini sotib yuborishga qaror qildi. Bu haqda Esquire yozmoqda.

Ta`kidlanishicha, pontifik uchun maxsus yig'ilgan oq mashina Rim papasi tomonidan auksionda sotilishi, olingan mablag'larning katta qismi esa Erondagi Nineviya shahri uchun yordam tariqasida yo'naltirilishi mumkin. Mashina soatiga taxminan 320 kilometr tezlikka chiqa oladi.

Savdolar tashkilotchilari mashina uchun 303 – 425 ming dollar olishni rejalashtirmoqda.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 247 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.05.2018 | Комментарии (0)

Qirg'iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Issiqko'l viloyatiga ikki kunlik amaliy tashrifi doirasida bugun Issiqko'l tumani aholisi bilan uchrashdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, davlat rahbari o'z prezidentlik faoliyati, jumladan, tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlari haqida gapirgan.

«Yaqin qo'shni uzoq qarindoshdan yaxshi – xalqimiz bekorga shunday demaydi. Prezident lavozimiga kirishim bilan qo'shni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun ko'p vaqt sarfladim. Sizga ma`lumki, mening birinchi tashrifim Rossiya Federatsiyasiga bo'ldi, Rossiya va YeOIIga a`zo davlatlar bilan hamkorlik tashqi siyosatimizning ustuvor yo'nalishlaridandir», - deya ta`kidlab o'tdi Sooronbay Jeenbekov.

U turli uchrashuvlar va Qozog'iston, O'zbekiston, Tojikiston bilan aloqalarni mustahkamlash, o'zining Turkiya hamda Yevropa Ittifoqi institutlariga tashrifi, shuningdek Xitoy Xalq Respublikasiga rejalashtirilgan safar ... Davomi »
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 277 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.05.2018 | Комментарии (0)

O'zbekiston Respublikasi prezidenti “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonni imzoladi.

Belgilanishicha, 2018 yil 1 iyundan boshlab:

ro'yxatdan o'tkazuvchi organ bilan nodavlat notijorat tashkilotlarining tadbirlarini kelishish tartibi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilish tartibi bilan almashtiriladi;

nodavlat notijorat tashkilotlarining hisobvaraqlariga chet davlatlardan, xalqaro va xorijiy tashkilotlardan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig'iga binoan boshqa shaxslardan ularning ustavlarida (nizomlarida) nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun kelib tushgan pul mablag'laridan va mol-mulkdan, ularni olish ro'yxatdan o'tkazuvchi organ bilan belgilangan tartibda kelishilgandan so'ng, biron-bir to'siqlarsiz foydalaniladi;

O'zbekiston Respublikasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari uchu ... Davomi »
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 322 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 04.05.2018 | Комментарии (0)

Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [9]
O'zbekiston Yangiliklari [15]
Texnologiya Yangiliklari [8]
Qiziqarli :) [2]
Qo'shiq Matnlari [8]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Май 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
Статистика

Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024
uCoz