Dushanba, 21.10.2024, 02:50
Приветствую Вас Гость | RSS
Мой сайт

18:07
Yangi farmon: Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari roli tubdan oshiriladi
O'zbekiston Respublikasi prezidenti “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonni imzoladi.

Belgilanishicha, 2018 yil 1 iyundan boshlab:

ro'yxatdan o'tkazuvchi organ bilan nodavlat notijorat tashkilotlarining tadbirlarini kelishish tartibi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilish tartibi bilan almashtiriladi;

nodavlat notijorat tashkilotlarining hisobvaraqlariga chet davlatlardan, xalqaro va xorijiy tashkilotlardan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig'iga binoan boshqa shaxslardan ularning ustavlarida (nizomlarida) nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun kelib tushgan pul mablag'laridan va mol-mulkdan, ularni olish ro'yxatdan o'tkazuvchi organ bilan belgilangan tartibda kelishilgandan so'ng, biron-bir to'siqlarsiz foydalaniladi;

O'zbekiston Respublikasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari uchun ajratilgan grant mablag'lari mazkur tashkilotlarning mamlakatdagi istalgan bank muassasalarida ochilgan maxsus hisobvaraqlariga kelib tushadi;

mehnatga haq to'lash fondini tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan kelib tushgan mablag'lar hisobidan shakllantiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari uchun yagona ijtimoiy to'lov stavkasi 15 foizdan ko'p bo'lmagan miqdorda belgilanadi;

jamoat fondi ma`muriy xarajatlarining, shuningdek, vasiylik kengashi va taftish komissiyasi a`zolariga beriladigan mukofot puli to'lovlarining va ular o'z vazifalarini bajarishi bilan bog'liq xarajatlar kompensatsiyasining yillik umumiy summasi fondning barcha xarajatlari summasining 30 foizidan oshmasligi kerak;

nodavlat notijorat tashkilotlarining pensioner xodimlariga pensiya ularning mazkur tashkilotlardagi faoliyati yagona ish joyi bo'lgan taqdirda, to'liq to'lanadi.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

a) O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvargacha bo'lgan muddatda quyidagilarga doir hujjatlarni elektron tarzda taqdim etish imkoniyatini ta`minlovchi elektron tizimni ishlab chiqadi va joriy etadi:

nodavlat notijorat tashkilotlarini va ularning ramzlarini davlat ro'yxatidan o'tkazishga, qayta ro'yxatdan o'tkazishga;

nodavlat notijorat tashkilotlarining o'tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilishga;

nodavlat notijorat tashkilotlarining o'z faoliyati to'g'risidagi yillik hisobotlariga;

nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan chet davlatlardan, xalqaro va xorijiy tashkilotlardan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig'iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag'lari va mol-mulk olishni kelishishga;

b) ikki oy muddatda:

nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini monitoring qilish va o'rganish turlari, muddatlari, davriyligi va boshqa tartib-taomillarini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqadi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi va Davlat statistika qo'mitasi bilan birgalikda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ro'yxatdan o'tkazuvchi, soliq va statistika organlariga taqdim etiladigan hisobot shakllarini hamda uni taqdim etish tartibini soddalashtirish bo'yicha choralar ko'radi.

Belgilab qo'yilishicha, nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo'lgan barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan kelishiladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvargacha bo'lgan muddatda:

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida nodavlat notijorat tashkilotlarining hududiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, bo'shab yotgan va samarali foydalanilmayotgan davlat mulki ob`yektlari negizida “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”ni tashkil etadi;

mazkur binolarga yangi tashkil etilgan, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan sohalarda o'z faoliyatini amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini ijara to'lovining “nol” stavkasini qo'llagan holda joylashtirish choralarini ko'radi.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy sud, Bosh prokuratura bilan birgalikda bir oy muddatda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma`muriy undiruvlarni qayta ko'rib chiqish va sezilarli darajada qisqartirish bo'yicha takliflar kiritadi.
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 323 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [9]
O'zbekiston Yangiliklari [15]
Texnologiya Yangiliklari [8]
Qiziqarli :) [2]
Qo'shiq Matnlari [8]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Май 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
Статистика

Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024
uCoz