Dushanba, 21.10.2024, 02:58
Приветствую Вас Гость | RSS
Мой сайт

16:38
Jamoaviy murojaat yuborish imkonini beruvchi portal bugun ishga tushiriladi
Ma`lumki, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida «Mening fikrim» maxsus veb-portali yaratilishi belgilangan edi.

Bunda internet tarmog'ida parlament va fuqarolar o'rtasida elektron jamoaviy murojaat kiritish imkoni beruvchi maxsus maydon yaratish nazarda tutilgan edi.

Taraqqiyot strategiyasi markazi xabariga ko'ra, mazkur vazifalar ijrosini amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi qonunchilik muammolari va Parlament tadqiqotlari instituti hamda qator mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda www.meningfikrim.uz portali ishlab chiqildi.

Portal 20 aprel kuni soat 16.00 (Toshkent vaqti bilan)da ishga tushirilib, fuqarolardan elektron jamoaviy murojaatlarni qabul qila boshlaydi.

Elektron murojaatlar kiritish quyidagi 4 bosqichda amalga oshiriladi:

- Avtorizatsiya va murojaatni yaratish;
- Ekspertiza va murojaatni joylash;
- Murojaatga ovoz berish;
- Murojaatni ko'rib chiqish.
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 239 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [9]
O'zbekiston Yangiliklari [15]
Texnologiya Yangiliklari [8]
Qiziqarli :) [2]
Qo'shiq Matnlari [8]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
Статистика

Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024
uCoz