Dushanba, 21.10.2024, 03:08
Приветствую Вас Гость | RSS
Мой сайт

«Roskomnadzor» Google'ning qator IP-manzillari bloklanishiga doir xabarni tasdiqladi. Bu haqida idoraning «VKontakte»dagi sahifasida ma`lum qilindi.

«Roskomnadzor»da bunday choralar haqiqatda Telegram messenjeri bloklanishi bilan bog'liq ekani tan olindi.

«Bugunga kelib Google «Roskomnadzor»ning talablarini qoniqtirmadi va sud qarorini buzib, Telegram Messenger Limited Liability Partnership'ga Rossiya hududida faoliyat yuritish uchun o'z IP-manzillaridan foydalanish imkonini bermoqda», - deya izoh berildi idorada.

Idorada shuningdek Telegram'ning Rossiyada faoliyat yuritishiga imkon berayotgan qator IP-manzillar reyestrga kiritilgani qo'shimcha qilindi.

Bundan avval rossiyalik foydalanuvchilar Google saytiga kirishda muammolarga duch kelayotgani haqida xabar berilgan edi.
Категория: Texnologiya Yangiliklari | Просмотров: 263 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 23.04.2018 | Комментарии (0)

"Roskomnadzor" Google qidiruv tizimini qisman blokladi, deya xabar berdi prometheus.ru.

Manbaga ko'ra, idora provayderlarga bloklash uchun bir necha IP-manzilni yo'llagan, ular orasida google.com qidiruv xizmatining bosh sahifasi ham bo'lgan. Manzillar RF Bosh prokuraturasining 16 apreldagi qaroriga muvofiq bloklangan.

Foydalanuvchilar so'nggi 24 soatda qidiruv tizimiga kira olmayotganliklari haqida xabar berishmoqda. DownDetector saytidagi xarita ma`lumotlariga ko'ra, Rossiyaning Yevropa qismida, janubiy hududlar, Krasnodar o'lkasi, shuningdek Ukraina hududida jiddiy muammolar kuzatilmoqda.

"Roskomsvoboda" ma`lumotlariga ko'ra, hozirda Google'ning 1 581 481 IP-manzili taqiqlangan saytlar reyestrida.
Категория: Texnologiya Yangiliklari | Просмотров: 238 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 23.04.2018 | Комментарии (0)

Ijtimoiy tarmoqlarda o'qituvchi tomonidan o'quvchi oyoq kiyimi bilan kaltaklangani videosi tarqalgan edi.

O'zbekiston OO'MTV O'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi xabariga ko'ra, pedagog ishdan bo'shatilib, ish prokuraturaga o'tkazilgan.

Gazeta.uz nashrida yozilishicha, tekshiruv o'tkazish natijasida, videomaterial 11 aprel kuni Urganch avtomobil yo'llari kasb-hunar kollejida tasvirga olingani ma`lum bo'lgan. Biologiya fani o'qituvchisi Z. Nafasova «o'z majburiyatlari doirasidan chiqib, pedagog uchun nomunosib xatti-harakatlarni namoyish etgan holda o'quvchiga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan», deb qayd etdi markaz vakili.

Kollejda 13 aprel kuni o'tkazilgan majlisda o'qituvchilar va guruh rahbarlari bu kabi xatti-harakatlar uchun ma`muriy va jinoiy javobgarlik belgilangani to'g'risida ogohlantirilgan. Shundan so'ng, kollej rahbariyati 2008 yildan buyon ishlab kelayotgan Nafasova bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.

Mark ... Davomi »
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 256 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 23.04.2018 | Комментарии (0)

Joriy yilning aprel oyidan sentabr oyiga qadar MDHga a`zo davlatlar do'stona armiyalari doirasida harbiy-amaliy sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazilishi rejalashtirilgani haqida oldin xabar berilgan edi.

Mazkur dastur doirasida O'zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari podpolkovnik Bahodir Tuxtanazarov, Zokir Xaziyev, mayorlar Madiyor Saidov, Sherzod Rashidov, kapitanlar Avaz Usmonov, Baxtiyor Madaminov, Odilbek Yuldashev, Husniddin Elmurodovdan iborat jamoa shu yilning 16-20 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasida bo'lib o'tgan harbiy-amaliy sport turining “Komandirlik startlari” yo'nalishi bo'yicha mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi va musobaqada ikkinchi o'rinni egalladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

TsSKA (Markaziy harbiy sport klubi)ning “Igrovoy” universal sport majmuasida o'tkazilgan musobaqalarda Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Armaniston, O'zbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilari ishtirok etdi ... Davomi »
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 260 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 23.04.2018 | Комментарии (0)

Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [9]
O'zbekiston Yangiliklari [15]
Texnologiya Yangiliklari [8]
Qiziqarli :) [2]
Qo'shiq Matnlari [8]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
Статистика

Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024
uCoz