Dushanba, 21.10.2024, 02:36
Приветствую Вас Гость | RSS
Мой сайт

TamTam messenjeri App Store va Google Play O'zbekiston reytingida yetakchilikni o'z qo'liga oldi. Bundan AppAnnie ma`lumotlari darak bermoqda.

Xususan, 19 aprel kungi holatga ko'ra, ilova ham App Store’da, ham Google Play’da yuklab olishlar soni bo'yicha birinchi o'ringa ko'tarildi va «Yandeks.Taksi», Telegram, imo, Instagram hamda WhatsApp’ni ortda qoldirdi.

TamTam uch kun ichida O'zbekiston reytinglarida 60-80 pog'onaga yuqoriladi.

Bundan tashqari, O'zbekiston aholisi Google'da TamTam’ni eng ko'p qidiruvchi davlatlar reytingida ikkinchi o'ringa ko'tarildi.

TamTam nafaqat O'zbekiston va Rossiyada mashhurlashmoqda, balki Eronda ham shunday vaziyat kuzatilmoqda – u yerda ham Telegram muloqot qilishning asosiy vositasi edi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekistonda iOS foydalanuvchilari TamTam messenjerini yuklab olishni boshlagani xabar berilgandi.
Категория: Texnologiya Yangiliklari | Просмотров: 237 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 19.04.2018 | Комментарии (0)

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma`lum qilishicha, Roskomnadzor tomonidan Telegram messenjeri bloklanishi boshqa servislar ishida nosozlikka olib kelishi kerak emas. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Albatta, ish maydonidan qandaydir servislar chiqib ketishi kerak emas, shuning uchun har bir alohida holatda qonunchilik bilan nazarda tutilgan harakat qo'llanilishi darkor. Bu texnologik masala, shuning uchun, albatta, unga Roskomnadzordan izoh berishni so'rash kerak», - dedi Peskov Telegram’ning bloklanishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi bo'yicha berilgan savolga javob qaytarib.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putin sudning Telegram messenjerini bloklash haqidagi qaroridan xabardor ekani haqida ma`lum qilgandi.
Категория: Texnologiya Yangiliklari | Просмотров: 253 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 19.04.2018 | Комментарии (0)

Yaponiyalik olimlar plastikni bir necha kun ichida yo'q qiluvchi fermentni yaratishdi. Bu bakteriya ayniqsa butilkalar uchun qo'llanuvchi plastikni tez qayta ishlaydi.

Yaponiyada 2016 yilda chiqindixonada plastikni oddiy usuldagidan ming marta tezroq yutuvchi bakteriyalar aniqlangan. Olimlar ferment strukturasini sintezlay olishgan va u polietilentereftalatni (PET) original bakteriyadan ko'ra yaxshiroq yuta boshlagan. Biologlar bakteriya plastikning qolgan turlarini ham tezroq qayta ishlay olishi uchun uni yaxshilashmoqchi.

Kelgusida ferment plastikni uni yana qayta ishlab chiqarishda qo'llash mumkin bo'lgan hosilalarga parchalashi mumkin. Bu bilan esa dunyoda neft iste`moli, zararli chiqindilar va axlat uyumlari miqdori kamayadi. Bundan tashqari, irsiy modifikatsiyalar yordamida fermentni 70 darajadan yuqoriroq haroratga bardoshli ekstremofil bakteriyalarga o'tkazish mumkin. Bunday haroratda PET eriydi va bunday shaklda 100 marta tezroq parchalanadi.
... Davomi »
Категория: Texnologiya Yangiliklari | Просмотров: 251 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 19.04.2018 | Комментарии (0)

18 aprel kuni Vazirlar Mahkamasida 2018-2019 o'quv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga qabul to'g'risidagi qaror imzolandi. Hujjatga muvofiq:

2018-2019 o'quv yili uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga qabul kvotasi belgilandi:

a) bakalavriat bosqichiga — 400 kishi to'lov-shartnoma asosida, quyidagi yo'nalishlar bo'yicha:

"Mashinasozlik texnologiyasi" — 200 kishi;
"Sanoat-fuqarolik qurilishi va me`morchilik" — 50 kishi;
"Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi" — 100 kishi;
"Aviakosmik injiniring" — 50 kishi.
b) magistratura bosqichiga — 25 kishi to'lov-shartnoma asosida, "Mexatronika" ixtisosligi bo'yicha.

Mazkur qaror ijrosi nazorati O'zbekiston Respublikasi bosh vazir o'rinbosari K.V.Akmalov, N.S.Otajonov va Oliy va o'rta-maxsus ta`lim vaziri I.U.Majidov zimmalariga yuklatildi.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 284 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 19.04.2018 | Комментарии (0)

Amerika fuqarolar erkinligi muhofazasi ittifoqi (ACLU) eng yirik IT-kompaniyalarini o'z serverlarida Telegram messenjeriga hech qanday cheklovlarsiz IP-manzillarni o'zgartirish imkonini berishga chaqirdi.

Tashkilotga ko'ra, Amazon, Google, Apple va Microsoft "inson huquqlariga rioya qilishni ta`minlash" va "senzuraga qarshi chiqish uchun" messenjerga o'z platformalariga kirish imkonini yaratishlari kerak.

Bundan avval "Roskomnadzor" rahbari Aleksandr Jarov idora Telegram bloklanishni chetlab o'tishda foydalanayotgan Amazon va Google'ning IP-manzilini bloklashi haqida ma`lum qilgan edi.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 227 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 19.04.2018 | Комментарии (0)

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 20 aprel kuni poytaxtda havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 5-7, kunduzi 20-22 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 4-9, kunduzi 15-20 daraja iliq bo'ladi.

Respublikaning tog' ... Davomi »
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 238 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 19.04.2018 | Комментарии (0)

Yomg'ir yog'ib kul bo'ldi yorim.

Sog'inch tola yil bo'ldi zolim.

Tunlar yonib og'ridi jonim.

Meni qalbim zor bo'ldi borim.

Yuzlarim kipriklarda sochlarimda qol

Sensiz hayotimga kelmaydi bahor.

Dardlarim yashirib chekkanimda ozor.

Sen qaytmasang kutganim bekor.

Yomgir yog'ib kul boldi yorim.

Sog'inch to'la yil boldi zolim.

Tunlar yonib og'ridi jonim.

Meni qalbim zor bo'ldi borim.

Tomchi bolib to'kildi yoshim pinhona.

Kelib bo'larmisan menga parvona.

Kuttirib yollaringda meni mastona.

Ishqimiz sevgi olamida afsona.

Yomg'ir yog'ib kul bolldi yorim.

Sog'inch to'la yil bo'ldi zolim.

Tunlar yonib og'ridi jonim.

... Davomi »
Категория: Qo'shiq Matnlari | Просмотров: 293 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 19.04.2018 | Комментарии (0)

Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [9]
O'zbekiston Yangiliklari [15]
Texnologiya Yangiliklari [8]
Qiziqarli :) [2]
Qo'shiq Matnlari [8]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
Статистика

Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024
uCoz