Dushanba, 21.10.2024, 02:32
Приветствую Вас Гость | RSS
Мой сайт

08:38
O'quvchini poyabzal bilan urgan kollej o'qituvchisi ishdan bo'shatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda o'qituvchi tomonidan o'quvchi oyoq kiyimi bilan kaltaklangani videosi tarqalgan edi.

O'zbekiston OO'MTV O'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi xabariga ko'ra, pedagog ishdan bo'shatilib, ish prokuraturaga o'tkazilgan.

Gazeta.uz nashrida yozilishicha, tekshiruv o'tkazish natijasida, videomaterial 11 aprel kuni Urganch avtomobil yo'llari kasb-hunar kollejida tasvirga olingani ma`lum bo'lgan. Biologiya fani o'qituvchisi Z. Nafasova «o'z majburiyatlari doirasidan chiqib, pedagog uchun nomunosib xatti-harakatlarni namoyish etgan holda o'quvchiga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan», deb qayd etdi markaz vakili.

Kollejda 13 aprel kuni o'tkazilgan majlisda o'qituvchilar va guruh rahbarlari bu kabi xatti-harakatlar uchun ma`muriy va jinoiy javobgarlik belgilangani to'g'risida ogohlantirilgan. Shundan so'ng, kollej rahbariyati 2008 yildan buyon ishlab kelayotgan Nafasova bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.

Markaz vakili o'qituvchi qanday ruhiy holatda bo'lishidan qat`i nazar, bu kabi harakatlarni mutlaqo oqlab bo'lmasligini ta`kidlab o'tgan.
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 256 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [9]
O'zbekiston Yangiliklari [15]
Texnologiya Yangiliklari [8]
Qiziqarli :) [2]
Qo'shiq Matnlari [8]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
Статистика

Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024
uCoz