Dushanba, 21.10.2024, 03:11
Приветствую Вас Гость | RSS
Мой сайт

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan «Lukoyl» kompaniyasining O'zbekistondagi faoliyatini muhokama qildi, deb xabar bermoqda TASS.

«19 aprelda Markaziy Osiyodagi eng yiriklardan biri bo'lgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ishga tushirilgani muhimligi ta`kidlandi, - deya xabar qilishgan Kreml matbuot xizmatidan. - Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi ishtirokida qurilgan mazkur yuqori texnologiyali korxona faoliyati O'zbekiston neft va gaz sanoatining samarali rivojlanishiga yordam beradi».

O'zbekiston tomonining tashabbusi bilan o'tkazilgan suhbat chog'ida O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi barcha sohalarda strategik sheriklik hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash bo'yicha o'zaro manfaatdorlik tasdiqlandi. Shuningdek, yetakchilar kelgusida rejalashtirilayotgan yuqori darajadagi aloqalarni muhokama qilgan.

Eslatib o'tamiz, 19 aprel kuni «Lukoyl» Buxoroda Qandim gazni qayta ishlash zavodini to'liq ishga tus ... Davomi »
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 244 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 20.04.2018 | Комментарии (0)

Rossiyaning Red Wings Airlines aviakompaniyasi O'zbekistonga parvozlarni amalga oshira boshlaydi, deb xabar bermoqda Spot.

Kompaniyadan xabar berishlaricha, may oyidan boshlab Moskvadagi «Domodedovo» aeroportidan Navoiy, Namangan va Farg'onaga parvozlar yo'lga qo'yiladi.

Bu O'zbekiston va Rossiya avvalroq mamlakatlar o'rtasidagi reyslar sonini keskin oshirish to'g'risida kelishib olganidan so'ng ro'y beryapti.

Reyslar dushanba (Farg'ona), payshanba (Namangan) va juma (Navoiy) kunlari Airbus A321 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Chiptalar sotuvga chiqarilgan va bir tomonga 9,5 ming rubldan boshlanmoqda (1,2 mln so'm).
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 249 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 20.04.2018 | Комментарии (0)

1 noyabrga qadar Toshkentda pasportlarni ID-kartalar bilan almashtirish bo'yicha sinov loyihasi joriy etiladi. Bu prezidentning «Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorida nazarda tutilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, mavjud pasportlar, tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar va shaxsni tasdiqlovchi boshqa guvohnomalar (respublika ichida) tizimi o'rniga identifikatsiya kartalari (ID-kartalari) tizimi joriy etiladi. Unda har bir fuqaro uchun yagona identifikatsiya raqami, uning shaxsiy ma`lumotlari va davlat xizmatlarini olishda shaxsni aniqlash uchun ishlatiluvchi boshqa ma`lumotlar bo'ladi. Haydovchilik guvohnomasi bundan mustasno.

1 iyulga qadar loyihani moliyalashtirish bo'yicha takliflar kiritiladi, 1 avgustgacha uning texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo'ladi.

1 noyabrga qadar loyiha byudjyetdan tashqari mablag'lar hisobidan Toshkentda ... Davomi »
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 226 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 20.04.2018 | Комментарии (0)

O'zbekistonda aholining 6,3 foizi, ya`ni 1,9 million kishi to'yib ovqatlanmasligi ma`lum bo'ldi. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti - FAO hisoboti shundan dalolat bermoqda.

2010-2012 yillarda O'zbekistonda bu ko'rsatkich 7,9 foizni tashkil qilgan bo'lsa, 2005-2007 yillarda 12,4 foizni qayd etgan.

FAO hisobotiga ko'ra, Tojikistonda to'yib ovqatlanmaslik ko'rsatkichi - 30,1 foizni, Qirg'izistonda - 6,4 foizni, Turkmanistonda - 5,5 foizni, Qozog'istonda - 2,5 foizni tashkil qiladi.

Markaziy Osiyo aholisining to'yib ovqat yemaslikka doir umumiy ko'rsatkichlari 8,3 foizni (5,6 million kishi) qayd etgan.

Semizlikdan aziyat chekuvchilar ko'rsatkichlari bo'yicha O'zbekistonning ko'rsatkichlari boshqa mamlakatlarga nisbatan yaxshiroq - 14,4 foiz. Shuningdek Qirg'iziston (13 foiz) va Tojikiston (10,9 foiz) ham semizlik darajasi eng past mamlakatlar qatoriga kiritilgan.

Aholisi semizlikdan eng ko'p aziyat chekuvchi mamla ... Davomi »
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 266 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 20.04.2018 | Комментарии (0)

Хонанда Лола 21-22-23 ноябрь кунлари "Истиқлол” санъат саройида яккахон концерт дастурини тақдим этишни режалаштирмоқда. Шу муносабат билан хонанда айрим молиявий муаммоларга дуч келаётганга ўхшайди. Бу ҳақда хонанда ўзининг Instagram`даги саҳифасида шундай дейди: "Дунёда мана шундай у ёқдан бу ёққа юриб, тинмаслинг, эртадан кечгача ишлашинг, чарчашинг, молиявий муаммоларга эга бўлишинг, шамоллаган, бироқ тамомила бахтли бўлишинг мумкин. Шунчаки, сени кутаётганлари учун бахтли бўлишинг мумкин. Ва биласизми, сизни шунчаки кутишмаяпти, балки сизга керакли инсон сизни кутяпти... Шу онда англаб етасан: ‘Демак мен яхши инсонман. Мени севишлари мумкин’”...
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 242 | Добавил: Shaxzodbek | Дата: 18.04.2018 | Комментарии (0)

« 1 2
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [9]
O'zbekiston Yangiliklari [15]
Texnologiya Yangiliklari [8]
Qiziqarli :) [2]
Qo'shiq Matnlari [8]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
Статистика

Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024
uCoz