Dushanba, 21.10.2024, 02:36
Приветствую Вас Гость | RSS
Мой сайт

16:32
1 noyabrga qadar Toshkentda pasportlar o'rniga ID-kartalar sinov rejimida joriy etiladi
1 noyabrga qadar Toshkentda pasportlarni ID-kartalar bilan almashtirish bo'yicha sinov loyihasi joriy etiladi. Bu prezidentning «Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorida nazarda tutilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, mavjud pasportlar, tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar va shaxsni tasdiqlovchi boshqa guvohnomalar (respublika ichida) tizimi o'rniga identifikatsiya kartalari (ID-kartalari) tizimi joriy etiladi. Unda har bir fuqaro uchun yagona identifikatsiya raqami, uning shaxsiy ma`lumotlari va davlat xizmatlarini olishda shaxsni aniqlash uchun ishlatiluvchi boshqa ma`lumotlar bo'ladi. Haydovchilik guvohnomasi bundan mustasno.

1 iyulga qadar loyihani moliyalashtirish bo'yicha takliflar kiritiladi, 1 avgustgacha uning texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo'ladi.

1 noyabrga qadar loyiha byudjyetdan tashqari mablag'lar hisobidan Toshkentda sinov rejimida ishga tushiriladi.
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 226 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [9]
O'zbekiston Yangiliklari [15]
Texnologiya Yangiliklari [8]
Qiziqarli :) [2]
Qo'shiq Matnlari [8]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
Статистика

Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024
uCoz