Dushanba, 21.10.2024, 02:49
Приветствую Вас Гость | RSS
Мой сайт

16:33
Mirziyoyev va Putin «Lukoyl»ning O'zbekistondagi faoliyatini muhokama qildi
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan «Lukoyl» kompaniyasining O'zbekistondagi faoliyatini muhokama qildi, deb xabar bermoqda TASS.

«19 aprelda Markaziy Osiyodagi eng yiriklardan biri bo'lgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ishga tushirilgani muhimligi ta`kidlandi, - deya xabar qilishgan Kreml matbuot xizmatidan. - Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi ishtirokida qurilgan mazkur yuqori texnologiyali korxona faoliyati O'zbekiston neft va gaz sanoatining samarali rivojlanishiga yordam beradi».

O'zbekiston tomonining tashabbusi bilan o'tkazilgan suhbat chog'ida O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi barcha sohalarda strategik sheriklik hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash bo'yicha o'zaro manfaatdorlik tasdiqlandi. Shuningdek, yetakchilar kelgusida rejalashtirilayotgan yuqori darajadagi aloqalarni muhokama qilgan.

Eslatib o'tamiz, 19 aprel kuni «Lukoyl» Buxoroda Qandim gazni qayta ishlash zavodini to'liq ishga tushirgandi.
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 244 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [9]
O'zbekiston Yangiliklari [15]
Texnologiya Yangiliklari [8]
Qiziqarli :) [2]
Qo'shiq Matnlari [8]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
Статистика

Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024
uCoz