Dushanba, 21.10.2024, 03:13
Приветствую Вас Гость | RSS
Мой сайт

16:31
O'zbekiston aholisining necha foizi ochlik va semizlikdan aziyat chekadi? FAO hisoboti
O'zbekistonda aholining 6,3 foizi, ya`ni 1,9 million kishi to'yib ovqatlanmasligi ma`lum bo'ldi. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti - FAO hisoboti shundan dalolat bermoqda.

2010-2012 yillarda O'zbekistonda bu ko'rsatkich 7,9 foizni tashkil qilgan bo'lsa, 2005-2007 yillarda 12,4 foizni qayd etgan.

FAO hisobotiga ko'ra, Tojikistonda to'yib ovqatlanmaslik ko'rsatkichi - 30,1 foizni, Qirg'izistonda - 6,4 foizni, Turkmanistonda - 5,5 foizni, Qozog'istonda - 2,5 foizni tashkil qiladi.

Markaziy Osiyo aholisining to'yib ovqat yemaslikka doir umumiy ko'rsatkichlari 8,3 foizni (5,6 million kishi) qayd etgan.

Semizlikdan aziyat chekuvchilar ko'rsatkichlari bo'yicha O'zbekistonning ko'rsatkichlari boshqa mamlakatlarga nisbatan yaxshiroq - 14,4 foiz. Shuningdek Qirg'iziston (13 foiz) va Tojikiston (10,9 foiz) ham semizlik darajasi eng past mamlakatlar qatoriga kiritilgan.

Aholisi semizlikdan eng ko'p aziyat chekuvchi mamlakatlar esa - Malta, Turkiya va Buyuk Britaniya. Malta aholisining 29,6 foizi semizlik dardiga yo'liqqan. Undan keyingi o'rinlarda Turkiya (29,3 foiz) va Buyuk Britaniya Birlashgan qirolligi (29,1 foiz) keltirilgan.

Mikronutriyent yetishmovchiligi bo'yicha O'zbekistonning ko'rsatkichlari bolalarda - 53,1 foizni, kattalarda esa - 38,4 foizni qayd etgan. Katta yoshli aholida sink yetishmovchiligi 24,4 foizni tashkil qiladi.
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 267 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [9]
O'zbekiston Yangiliklari [15]
Texnologiya Yangiliklari [8]
Qiziqarli :) [2]
Qo'shiq Matnlari [8]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
Статистика

Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024
uCoz