Dushanba, 21.10.2024, 03:00
Приветствую Вас Гость | RSS
Мой сайт

16:35
Britaniyaning Suriyada sahnalashtirilgan kimyoviy hujumga aloqadorligi bo'yicha dalillar bor – Rossiya
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma`lum qilishicha, Rossiyada Buyuk Britaniyaning Suriyadagi Duma shahrida kimyoviy hujumni sahnalashtirishga aloqadorligi bo'yicha dalillar bor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Bilasizmi, dalillar ko'p. Hammasi boshlangan video o'sha hujum uchun asos bo'lib xizmat qildi. Amerikaliklar, angliyaliklar va fransiyaliklar kimyoviy qurolni ishlab chiqarish hamda saqlash joylariga bombalar tashlashgani haqida ma`lum qildi. Aftidan, vaziyatdan bexabar odam ham bir narsani tushunadiki, agarda sen kimyoviy qurol qayerda joylashganini bilsang, bu omborxonalarga bomba yog'dirish faqat bir narsani anglatadi – o'sha yerga yaqin joyda yashovchilar uchun gumanitar falokatni yuzaga keltirish», - deya aytib o'tdi Lavrov.

Shuningdek uning ta`kidlashicha, videoyozuvdan ko'rish mumkinki, kimyoviy moddalar ehtimoliy qo'llangan yerda harakatlanayotgan odamlar hech narsa bilan himoyalanmagan, «ehtimol, ulardan ba`zilarida yengil niqoblar bo'lgan».

«Biz ko'rayotgan ma`lumotni hozir jiddiy tahlil qilish kerak, bu bizni xuddi hech narsadan xabari yo'q odamlar kabi qabul qilmasliklari uchun darkor», - degan u.
Категория: Dunyo Yangiliklari | Просмотров: 240 | Добавил: DesignSHYI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Категории раздела
Dunyo Yangiliklari [9]
O'zbekiston Yangiliklari [15]
Texnologiya Yangiliklari [8]
Qiziqarli :) [2]
Qo'shiq Matnlari [8]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
Статистика

Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024
uCoz